x

Mahalliy yangiliklar

Sog`liqni saqlash vazirligi yangi tashabbus bilan chiqdi. Unga ko`ra, joriy yil 1 iyuldan 1 avgustgacha yurtimizda “O`qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aktsiyasi o`tkaziladi.

Yoz — ta'lim muassasalari uchun ta'til mavsumi. Yil davomida sohada mehnat qilgan o`qituvchi va murabbiylar bu davrda hordiq chiqarish imkoniga ega bo`lishadi.

Shuni hisobga olib, Sog`liqni saqlash vazirligi yangi tashabbus bilan chiqdi. Unga ko`ra, joriy yil 1 iyuldan 1 avgustgacha yurtimizda “O`qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aktsiyasi o`tkaziladi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bu davrda mamlakatimizdagi ta'lim sohasi xodimlari — maktab o`qituvchilari va bog`cha tarbiyachilari profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar hamda skriningdan o`tkaziladi. Ta'kidlash lozimki, ayni damda 10 118 ta umumta'lim maktabida 6,3 mln. nafardan ziyod o`quvchiga qariyb 510 ming nafar o`qituvchi ta'lim beradi. Shuningdek, 29 420 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti bo`lib, ularda 2,1 mln. nafar bola tarbiyalanadi.

Aktsiya davomida tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar bo`yicha davlat ko`magida ularning salomatligini tiklash va mustahkamlash choralari ko`riladi. Buning uchun dastlab ta'lim sohasi xodimlari orasidan tibbiy xizmatga ehtiyoji bor kontingent ro`yxati shakllantirilib, ular yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratiladi. Shundan so`ng ular maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o`tkaziladi.

Tibbiy ko`riklar yakunida:

  • hayotida ilk bor surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual sog`lomlashtiriladi;
  • o`tkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan bemorlardan bir guruhi birlamchi bo`g`indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi;
  • yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo`llanmalar taqdim etiladi.

O`z navbatida, olis va chekka hamda chegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan ko`riklar o`tkaziladi.

To Top ↑
To Top ↑