(ibrat uchun yozilgan hikoya)
Bugun men uchun dam olish kuni edi. Hech turgim kelmasdi. Tashkari jazirama issiq, nafas olishga odam kiynaladi. Uygʻondimda, oʻrnimdan turmasdan pultni olib televizorni yoqdim. Joyimda yotgan holda televizor koʻrishda davom etardim. Tashqariga fakat kech tushganda chiqsa biroz yaxshi edi xolos. Salqin tushib qolardi. Kunduzi esa faqat dush kabul kilib yotish mazza edi.
– Oʻgʻlim, men dorixonagacha borib kelaychi, oxirgi tabletkam kolibdi! – dedi onam yonimga kelib.
Men esa turishga erinib, tashkariga issikka chiqishni xohlamasdan:
– Mayli onajon, borib keling, oʻzim borardimu sal mazam yoʻq! – deya bahona qildim.
Onam yaqinda sakson ikki yoshini nishonlagandi. Lekin onam hali baquvvat edi. Oʻzi men ishda paytim ham magazinga chiqib, non, sut olib kelardi. Hatto qaytguncha soyadagi skameykada qoʻshnilar bilan bir ogʻiz gaplashib ham olardi. Ularda xam xar kuni xar xil yangiliklar bor edida. Bu yangiliklarni kayerdan olishardi, hayronman.
Eshikni yopgancha onam chiqib ketdi. Men esa onamni ketishini nazorat kilish uchun balkonga chiqdim. Hammasi yaxshi, onam uydan chiqib dorixona tomon sekin asta joʻnadi. Men esa sigaretamni chekdimda, issiqdan qochib uyga, salqinga kirdim. Yana divanga yotib olib, televizor koʻrishda davom etdim.
Oradan taxminan bir soatlar vaqt oʻtdi. Onamdan esa hali darak yoʻq edi. Dorixona ham unchalik uzoqmasdi. Borish-kelishi uchun orada oʻtgan vaqt yetarli edi. Balki soyada qoʻshni kampirlar bilan suhbatlashib qoldimi? Oʻrnimdan turdimda, xavotir olganimdan yana sigaretni yoqib balkonga chiqdim.
Yoʻq, xammasi yaxshi. Xavotirga oʻrin yoʻq. Ana, onam kelyapti ekan. Onam kelgunlaricha biror narsa pishirib qoʻysammikan? Onam yana urinib yotmasin deb eshikni zamogidan ochib keldim. Va yana balkonga chikdim. Jazirama issik sekin asta pasaya boshlagandi. Onamning:
– Oʻgʻlim men keldim, – degan ovozi eshitildi.
– Yaxshi, onajon, keldingizmi... Balki biror narsa pishirib berarman sizga? – dedim.
– Mayli oʻgʻlim, pishirsang pishiraqol, – dedi onam.
Qoʻlimdagi sigaretni oʻchirdimda, balkondan xonaga kirmokchi edim, telefonim koʻngʻirogi chalindi. Choʻntagimdan oldimda:
– Allo, eshitaman...
– Xayrli kun. Kapitan Mirzayev sizni bezovta kilyapti. Oysara Karimova sizga kim buladi? – deya savol berishdi.
– Onam boʻladi. Nima gap, tinchlikmi? – dedim.
– Oʻn ikkinchi dorixona oldiga tez yetib keling! Dorixona kayerdaligini bilasizmi? – dedi.
– Albatta bilaman, u yerda nima boʻldi agar sir boʻlmasa? – dedim.
– Sizni onangiz shu yerda... Hozirni oʻzida yetib keling, – dedi.
– Kechirasiz u meni onam emas, meni onam uydalar. Sal u yoq, bu yoqqa qarab qoʻngʻiroq qilish kerak! – dedim jahllanib.
Telefonimning qizil tugmasini bosib qoʻydim. Xamma joyni yolgʻonchilar bosib ketganmi, tovba... Bir payt telefonim yana jiringladi. Koʻtarmadim, bir oʻchib yana chalaverdi. Koʻtardim.
– Telefonni oʻchirmang. Dorixonaga tez yetib keling, onangiz shu yerda. U afsuski vafot etdi, – dedi.
– Men sizga aytdim-ku, “meni onam uyda” deb. Nega tushinmaysiz. Siz adashdingiz! – dedim .
– Men qoʻlimda onangizning pasportini ushlab oʻtiribman, shu pasportni ichida sizning telefon raqamingiz bor ekan, – dedi.
– Balki yoʻqotib qoʻygandir, bir daqiqadan kuyin qoʻngʻiroq qiling men hozir onamdan soʻrab koʻraman, – deya oʻchirdim.
Balkondan xona ichkarisiga kirdim.
– Onajon, – zalga kiraverishda onamni chaqirdim.
Qiziq, zalda yoʻq.
– Onajon, tasavvur qilayapsizmi? – yotoqxonaga kirdim. U yerda ham yoʻq.
– Onajon, qayerdasiz? – deya baqirdim.
Uyni barcha xonalarini izlab chiqdim, onam yoʻq edi. Hattoki pastga tushib, podyezd eshiklarigacha qarab chiqdim, tinch edi hammayoq. Ajablanarli hol edi.
– Onajon, – yana qattiqroq baqirdim.
Bir payt telefonim yana jiringladi.
– Allo, – sekin javob berdim.
– Uydan chiqdingizmi? Tez yetib keling, sizni kutyapmiz, – dedi.
– Boryapman, – dedimu, uydan chikdim...
Onangizni borida kadriga yeting. Zero keyin kech boʻlishi mumkin. Alloh barcha onalarni oʻz panohida asrasin.