Eng katta jinoyat — bolalardan orzularini tortib olishdir.
Eng katta xato esa ko`ngilni sindirishdir. Bolalaringizni asrang.
Futbol-putbol
«— Hozir hamma artistlarning bolasi futbolga boradi. O`rtoqlarim ham bolalarini futbolga berishgan. Jaloliddinning o`zi ham anuv Messi-Pessimi, o`shanga havas qilib, futbolkasini kiyib yuradi-ku, — dedi dadam onam archib to`g`rayotgan olma bo`lagini og`ziga solarkan.— Shu, menam futbolga borsin deyapman. Boksga beraylik desam, kaltak eb yuradimi? — onam ham otam tomon bo`lib javob berdi.
Hal qiluvchi suhbat boshlanganda men endigina oshxonaga kirgandim. Ukam esa o`z xonasida — surat chizish bilan ovora.
— Rasm-pasmini yig`ishtirsin, bir yillardan so`ng eng zo`r bolalar futbol klubiga joylashtirib qo`yaman. — Dadamning bir odati bor, ayrim so`zlarni juftlab aytadi — ovqat-povqat, o`qish-po`qish.
— U rasm chizishga qiziqadi. Suratlarini bir ko`rsanglar edi, — dedim o`n oltiga to`lganman, o`z fikrimni bildirishga haqliman degan o`yda. Qolaversa, opa bo`lib ukamning qiziqishlarini men himoya qilmasam, kim himoya qilsin?
— Ey, bir balo rasmlar. Keyin rassom bo`lib nima qiladi? — dedi onam.
— Labbay, ustoz, — dedi u bir qo`li bilan parta ustida turgan ruchkasini o`ynab.
— Qani, doskaga chiq. Hozir tushuntirgan misolimni ishla, — shunday deya yoshi qirqlardan oshgan opa nam mato bilan doskani artib tashladi.
— Telefon titkilamasdan, doskaga qarab o`tirish kerak. — O`qituvchi shunday deya Mahmudga joyini ko`rsatdi. Menga qarab esa gapida davom etdi. — «2» qo`yib qo`ying. Bu bolada na bilim bor, na tarbiya. Onasi tashlab ketgan uni.
Ayni shu paytda ukam ham oshxonadan bo`y berdi.
— Futbolchi bo`lib nima qilaman? Jahon chempionatiga chiqa olmasligimizga hissa qo`shamanmi? Men jamoamiz chempionatga chiqishini istayman, — deyadarrov javob berdi endi sakkizga to`ladigan ukam o`ziga yarasha ishonch bilan. — Futbol-putbolga bormayman, — deya hoynahoy bizga ko`rsatishga olib tushgan, yangi chizgan suratini bag`riga bosgancha xonasiga kirib ketdi.
Ertasi kuni maktabda ukamning tumanimizda «Eng yaxshi rassom bola» deb topilganini eshitib quvonib ketdim. Ana endi, futbol-putbolga bormaydi! Ota-onamni ko`ndiramiz!»
Amaliyot o`qituvchisi
«Amaliyot o`tash uchun litseyga kelganimizda, har birimizni alohida guruhlarga biriktirib qo`yishdi. Mening chekimga aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan guruh tushdi, darsxonaga kirsam — ikkitagina qiz o`tiribdi, o`g`il bolalar esa to`p-to`p bo`lib olishgan. Yuragim orqaga tortib ketdi. Bu to`polonchi o`g`il bolalar bilan amaliyot o`qituvchimizdan tuzuk baho ololmasam kerak?
Bekor cho`chigan ekanman, tez orada bolalar bilan do`stlashib ketdik. Ular meni ustoz deb emas, opa deb chaqirishlari ham elkamdagi mas'uliyatni engillatib turar, ammo mehrim tovlanib, kasbim sirlarini o`rganar edim. Bir kun sinf rahbarining darsini kuzatishga kirdim. O`qituvchi qo`yarda-qo`ymay meni o`zining joyiga o`tirg`izdi.
— Baribir men o`tirmayman, siz o`quvchilarni baholab turasiz, — dedi u qo`limga guruh jurnalini tutqazgancha.
Keyin dars boshlandi. O`qituvchi matematika ilmini suv qilib ichgan, misollarni zumda formulaga solib, tez-tez doskaga yozgancha tushuntirib tashlar — bir so`z bilan aytganda, yillar davomida ishlab, qo`liyu ko`zi pishib ketgan edi. Qachon men ham shunday chaqqon harakatlar bilan misollarni echib, bolalarning diqqatini doskadan uzmay ushlab turarkanman-a?
— Mahmud! — o`qituvchi qo`lidagi bo`rni doskaga taq etib urib, orqa partada o`tirgan sap-sariq yigitga qaradi.
Mahmud istamaygina o`rnidan turdi. Hamma o`quvchilar u tomon o`girilishdi.
Mahmud esa doskaga chiqib angrayib turaverdi. Boshqa fanlardan ham o`zlashtirishi uncha yaxshi bo`lmagan bu bola doim meni o`ylantiradi — nega buncha g`amnok u?
Ruchka tutgan qo`llarim qaltirab ketdi. Boshimni egib oldim. Mahmud tomonga qaray olmasam-da, uning sap-sariq yuzi qizarib ketganini sezayotgandim.
Mahmud ertasi kuni darsga kelmadi. Dadasi litsey direktoriga uchrashib, uni boshqa litseyga ko`chirmoqchiligini aytibdi. Men, negadir, xotirjam tortdim. O`qituvchidan esa faqat bitta narsani — bolalarni tengdoshlari oldida izza qilmaslikni o`rgandim».
Shoira ShAGIAMEDOVA