x

Oila kodeksining 109-moddasiga ko`ra, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta'minot berishlari va ular to`g`risida g`amxo`rlik qilishlari shart.

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvida ota-onalardan farzandlariga aliment undirish bilan bir qatorda, bolalardan ham ota-onasiga moddiy ta'minot undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari mavjud.

Jumladan, Byuroning Dehqonobod tuman bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha G`uzor tumanlarararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgarlar Sh.B. va D.B.larning har biridan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining ½ qismi miqdorida qat'iy so`mmada aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlar xorijga chiqmoqchi ekanligini bildirishgan. Bo`lim xodimlari tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida aka-ukalar 5 yillik aliment pulini oldindan to`lab berish uchun murojaat qilgan.

Taraflarning o`zaro kelishuvi natijasida joriy yilning 25 aprel' kuni farzandlar 5.000 AQSh dollari miqdorida aliment pullarini to`lab berdi.

To Top ↑
To Top ↑