Ma'lumki, Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan amaldagi 14 yoshgacha bolalar uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o`rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etilgan edi. Ushbu nafaqa yoshi 18 yoshgacha oshirilib, to`lov muddati 12 oygacha uzaytirilgan. Quyida bola puli olish jarayonida bilishingiz kerak bo`lgan ayrim masalalarga to`xtalib o`tamiz.
1. Bola puli olish uchun ariza namunasi xudud MFYda to`ldirib beriladi va ushbu to`ldirilgan ma'lumotnoma pensiya jamg`armasiga yuboriladi;
2. Yolg`iz ona bo`lsa, daromadlar to`g`risida ma'lumot so`ralmaydi. (Yolg`iz ona deganda boquvchisi yo`q, nikoxi qonuniy bekor qilingan ayollar tushuniladi)
3. Oilada 3 yoshga to`lmagan bola bo`lsa, onasidan ish xaqi to`g`risida ma'lumotnoma so`ralmaydi. Biroq turmush o`rtog`ining ish xaqi yoki o`zini-o`zi band qilinganligi xaqidagi ma'lumotnomasi bo`lishi kerak;
4. Bola puli 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, 3 yoshgacha bo`lgan bolaga 325 ming so`m, undan keyingisiga 150 ming so`m va undan keyingisiga 100 ming so`mdan xisoblanadi;
5. Oila kam ta'minlangan oila bo`lishi, oilaning xar bir a'zosiga to`g`ri keladigan daromadi 498 ming so`mdan oshmasligi lozim;
6. Oilada turmush o`rtog`i chet davlatda ishlayotgan bo`lsa, uning daromadi 1.644.000 so`m deb xisoblanadi. O`zini-o`zi band qilgan fuqaroni daromadi ham xuddi shu miqdorda xisoblanadi;
7. Oiladagi farzandlar 3 yoshdan oshgan bo`lsa va ushbu oila to`liq oila bo`lsa, er xotindan ish xaqi to`g`risida ma'lumotnomasi bo`lishi kerakligi talab qilinadi;
8. Bola puli yuzasidan MFYga berilgan ariza, pensiya jamg`armasiga yo`llangach, 1 oy ichida avtomatik tarzda daromad va boshqa xolatlari aniqlanadi. Bunda inson omili aralashmasdan, komp'yuter baza orqali aniqlagan ma'lumotlar asosida tayinlanadi yoki rad qilinadi;
9. O`zini-o`zi band qilgan fuqarolar, band qilinganligi, ro`yxatga olinganligi aniq bo`lgach, bola puliga ariza berishlari kerakligiga, bunda daromadi 1.644.000 so`m deb xisoblanishiga, e'tiborlarini oila a'zosiga tushadigan daromad 498 ming so`mdan oshib ketmasligiga rioya qilish lozim;
10. Oilani daromadiga, 7 yil to`lmagan transport vositasi, nomida ikkita uy yoki qo`shimcha bino bo`lishi, qo`shimcha er maydoni va tomorqalar, sonidan kelib chiqib, qoramol, sigir va qo`y echkilar ham oila daromadi xisobiga olinishini inobatga olishlari kerak.
Bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari bo`yicha batafsil buerda tanishishingiz mumkin.