x

2 yoshga to`lmagan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o`ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 daqiqadan kam bo`lmagan tanaffus beriladi. 

2 yoshga to`lmagan ikki va undan ko`p bolali ayollarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

Mazkur tanaffuslar uchun ish haqi kamaytirilmaydi.

Bolali ayolning xohishiga ko`ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo`shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko`chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

 

To Top ↑
To Top ↑