x

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–823-son, 15.03.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi.

 

Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, O`zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:

 

BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln so`mdan 15 mln so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 

Shunga ko`ra, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqishda ko`pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O`zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo`yicha choralar ko`rish majburiyatini yuklaydi. 

 

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma'muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O`zbekistonga qaytarilishini ta'minlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

 

O`sha qilmish og`irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

 

To Top ↑
To Top ↑