x

16 yoshga to`lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo`lmagan haq to`lanadigan qo`shimcha ta'til beriladi.

Shuningdek, 16 yoshga to`lmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq to`lagan holda oyiga qo`shimcha bir dam olish kuni beriladi.

16 yoshgacha bo`lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bolaning sanatoriyada davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to`g`risidagi tibbiy xulosa mavjud bo`lganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.

16 yoshgacha bo`lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo`lgan ona kasal bo`lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo`lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑