Savol: turmush o`rtog`im xozirda bir nafar farzandimga aliment to`laydi. U menga bola 18 yoshga etganida uni alimentga berib to`lagan pullarimni qaytarib olaman deyabti. Shunday bo`lishi mumkinmi ?
–To`lagan alimentini qaytarib ololmaydi-yu, lekin o`zi uchun ta'minot talab qilishi mumkin. Ota-ona uchun ta'minot berish tartibi “Oila kodeksi”da belgilab qo`yilgan. Faqat qonunda bu aliment emas ta'minot deb yuritiladi. Kodeksda nafaqat ota, ona xam ularni moddiy tomonlama ixtiyoriy ta'minlamay kelayotgan voyaga etgan bolalaridan sud tartibida ta'minot talab qilishi mumkin.
Savol: Hamma ota-ona xam bu ta'minotni talab qilsa bola to`laverishi kerakmi ?
–Yo`q bu ta'minot mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarga to`lanadi.
Savol: Bunday ta'minot bolalarning nechtasidan undiriladi ?
–Ota-ona uchun aliment miqdorini belgilashda sud voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi
Savol: Masalan, voyaga etgan bola o`qishda bo`lsa u ta'minotni to`lashga imkoni bo`lmaydi-ku ?
–Shu sababli ta'minot miqdorini belgilashda sud bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan xolda ish ko`radi.
Savol: Bu ta'minotni eng kam miqdori qancha bo`ladi ?
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 11,75 foizi dan kam bo`lmasligi kerak.
Savol: Bu ta'minotni to`lamasa xam bo`ladimi ?
–Agar sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo`yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.