x

Hukumat qarori bilan Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha homiladorlik va tug`ish nafaqasini tayinlash hamda to`lash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlangan. 

Nizomga ko`ra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug`ish nafaqasini to`lash tartibi belgilangan.

Nafaqa Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi hisobidan farzand tug`ilgunigacha minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming so`m) miqdorda beriladi.

Shunga ko`ra, yuridik shaxslarning nafaqa to`lash majburiyati Jamg`arma hisobidan to`langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to`lash uchun asos bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑