x

Aksariyat ota-onalar farzandining bilim olishga etarli qobiliyatga egaligi, tengdoshlaridan yaxshiroq o`zlashtirishi va bir qator sabablar bilan ularni ertaroq maktabga berishni istashadi. Odatda maktablarga bolani 7 yoshdan qabul qilish belgilangan. Ammo ba'zida istisno holati ham bo`lishi mumkin. Hozir shu haqda ma'lumot beramiz.

O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o`rta ta'lim to`g`risida”gi nizomga muvofiq, umumiy o`rta ta'lim muassasalarining 1-sinfiga 6–7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to`lmagan, 1-sinfda o`qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan mazkur umumiy o`rta ta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o`qish uchun jismonan va ruhan tayyorlash bo`yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Ya'ni bola tibbiy jihatdan tayyor bo`lsa va maktabning pedagog hamda psixologlari tomonidan maktabda o`qish uchun tayyor ekanligi bildirlsa, bola 6 yoshdan ham maktabga chiqishi mumkin bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑