Afsuski, yurtimizda ajrashishlar soni ortib bormoqda. Bunday hollarda er-xotindan ham ko`ra ko`proq o`rtadagi farzandlarga qiyin. Sababi u otasi yoki onasi bilan yashashi kerak. Qay biri bilan qolsa ham boshqasining o`rni seziladi. Biroq buni tushunganadiganlar ham bor. Horij filmlarida ko`rganimizdek, ajrashgandan keyin bola ma'lum kunlarda otasi bilan, boshqa kunlarda onasi bilan bo`ladi. Bu qonun jihatidan ham, boshqa tomondan ham to`g`ri qaror. Ammo yurtimizda ba'zan "o`g`lim kelinim bilan ajrashdi, kelinim bizlarga nabiramizni ko`rishga qarshilik kilyapti" kabi gaplar quloqqa chalinadi. Ho`sh, O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra, ajrimdan so`ng ota yoki onaning yaqinlari bola bilan ko`rishish huquqiga egami?
Qonunchilikda bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko`rishib turish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko`rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ularga imkoniyat berishi mumkin. Shuningdek, bola bilan ko`rishib turish vaqtini belgilash va to`sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash yuzasidan sudga da'vo ariza bilan murojaat qilish mumkin.