Ba'zida shunday vaziyatlar bo`ladiki, homilador ayol farzandini tug`ruqxonadan tashqarida (yashash xonadoni yoki boshqa joylarda) dunyoga keltirishga majbur bo`ladi. Ana shunday holatlarda tug`ilgan bolalarga tug`ilganlik guvohnomasini berish tartibi qonun bilan belgilab qo`yilgan.
Hususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 20-bandiga asosan (O`zR VMQ 378-son, 14.11.2016 y.) Tug`ruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug`ilgan bolaning tug`ilganligini qayd etish uchastka shifokori (fel'dsher yoki akusher) tomonidan berilgan ma'lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tug`ilganligiga guvoh bo`lganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (fel'dsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy ma'lumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.