O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko`ra, bolaning hayoti va sog`lig`i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o`z qaramog`iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Mazkur jarayon fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.
Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan erga joylashtirishi va fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organi bolani olish to`g`risida hujjat qabul qilganidan keyin 7 kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to`g`risida sudga da'vo bilan murojaat etishi shart.
Shuningdek, agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo`lgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) da'vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va Oila kodeksining83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo`lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da'voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.