x

Qonunchilikka ko`ra, haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo`lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kollektsiyalarini kirib ko`rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

18 yoshgacha bo`lgan bolalarning davlat muzeylarida turgan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kollektsiyalarini bepul kirib ko`rish quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

– muzey tematikasiga mos holda tegishli o`quv fanlari mavzulariga oid mashg`ulotlar tashkil etish hamda o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash;

– muzeylarda milliy bayramlar, qadriyatlar hamda buyuk siymolar hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kechalarda ishtirok etish va ko`rgazmalar hamda ekspozitsiyalarni kirib ko`rish;

– bolalarning dam olishini mazmunli tashkil etish, ularda tarixiy o`tmishni hurmat qilish va qadriyatlarni e'zozlashni shakllantirish.

Davlat muzeyiga 18 yoshga to`lmagan bolalar va aholining bepul kirishi hisobini yuritish maxsus jurnal asosida amalga oshiriladi. Jurnal shakli Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

To Top ↑
To Top ↑