x

2024-yilning 14-mart kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan yordamga muhtoj bo'lgan otasini moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlagan ayolning ishi ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, 1984-yilda tug'ilgan fuqaro N.M. 2021-yilning 19-mart sanasidan boshlab har oy mehnatga haq to'lashning 30 foizi miqdorida aliment to'lashi kerak bo'lgan. Biroq N.M. moddiy yordamga muhtoj bo'lgan otasi B.M. ning ta'minoti uchun aliment pulini to'lashdan ikki oydan ortiq muddat davomida qasddan bo'yin tovlab kelgani aniqlandi.

Sud ijrochisining aliment qarzini hisoblash to'g'risidagi qaroriga ko'ra, fuqaroning aliment bo'yicha qarzdorligi 3.107.580 so'm ekanligi qayd etilgan.

Huquqbuzar o'z aybiga iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi va qarzdorlikni to'liq qoplagani hamda otasining unga nisbatan hech qanday da'vosi yo'qligi inobatga olinib, fuqaro N.M. ga oid ma'muriy ish tugatildi.

Shu o'rinda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-5 moddasida ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash uchun javobgarlik belgilanganini eslatib o'tamiz.

To Top ↑
To Top ↑