x

Maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra quyidagilar belgilangan:

• maktabgacha ta'lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda – MTM) guruhlari, shu jumladan salomatligida nuqsoni bo‘lgan (aqli zaif va og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan, tayanch-harakat a'zolarida nuqsoni bo‘lgan, kar va zaif eshituvchi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi) bolalar uchun maxsus guruhlar; 
• yordamchi xonalar (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, ma'muriy-metodik xonalar, kir yuvish xonasi, yong‘in xavfsizligi burchagi, xo‘jalik va bino ishchilari uchun jihozlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, oshxona, omborxona);
• MTM hududi va tashqi o‘yin maydonchalari;
• bolalar uchun sanitariya-gigiyenik vositalar.

MTM guruhlarini jihozlash me'yorlari turli yoshdagi bolalar guruhlari kesimida, shu jumladan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belgilangan (maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar bog‘chalariga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi, nodavlat bog‘chalarda esa bolalarni qabul qilish yoshi ularning ustavlarida belgilanadi. 2018-yil 17-martda 2986-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatda me'yorlar faqat muayyan toifadagi MTMga masalan, davlat tasarrufidagi MTMga nisbatan amal qilishi ko‘rsatilmagan. Demak, tasdiqlangan normativlar ham davlat, ham xususiy MTM uchun majburiy hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑