x

Hozirgi kunda katta yoshlilar bu yoqda tursin, har bir maktab o‘quvchisida ham zamonaviy smartfon bor. O‘qituvchilar bolalarga dars vaqti telefonlarini o‘chirib qo‘yishni so‘rasa, o‘quvchilar lug‘at yoki qaydlar uchun foydalanishayotganini iddao qilib, bu talabni bajarmaslikka harakat qilishadi.

Ammo har ishda qonun, qoidalar bor. O‘quvchilarning maktabda smartfon ishlatishiga ruxsat bormi o‘zi? Ayni maqolada shu haqida ma’lumot beramiz.

Ta'lim muassasasi hududida har bir o’quvchi o’z uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o’z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to’liq o’chirib qo’yishi (ovozsiz holatga o’tkazishi) shart.

Ta'lim muassasalarida o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin o’quvchilar telefonini o’chirib qo’yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo’yishi shart (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizom”).

O’quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o’quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o’rnatilgan tarzda olib qo’yiladi, holat yuzasidan o’quvchining ota-onasi ogohlantiriladi.

Holat boyicha inspektor-psixolog tomonidan o’quvchining ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)ni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so’ng telefon (mobil aloqa vositalari) o’quvchining ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o’quv yili davomida takrorlanganda o’quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro’yxatiga olinadi.

To Top ↑
To Top ↑