3 yoshgacha bo`lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo`lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo`lgan ona kasal bo`lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo`lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
§ 1. Umumiy qoidalar
§ 2. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
§ 3. Ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini aniqlash va hisoblash tartibi
§ 4. Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa
§ 5. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqalarni hisoblash tartibi
§ 6. Bola tug`ilganda beriladigan nafaqa
§ 7. Qo`shimcha dam olish kuni uchun nafaqa
§ 8. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
§ 9. Nafaqalarni tayinlash va to`lash
§ 10. Yakuniy qoidalar
[O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan]
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman:
1. Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro`yxatiga olinganidan so`ng o`n kundan keyin amalga kiritilsin.
3. Mazkur Nizomning kuchga kirishi munosabati bilan 1998 yil 9 aprelda Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan 430-son Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizom o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining 2002 yil 1 apreldagi
21-son buyrug`i bilan
TASDIQLANGAN
Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida
NIZOM
Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-son «Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo`yicha nafaqalar to`lash chegarasini takomillashtirish to`g`risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 13 fevraldagi PF-2810-son Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son, 1997 yil 20 martdagi 153-son, 1997 yil 6 iyundagi 286-son, 2000 yil 15 noyabrdagi 444-son, 2000 yil 23 dekabrdagi 498-son, 2001 yil 13 fevraldagi 75-son, 2001 yil 6 apreldagi 162-son, 2001 yil 24 avgustdagi 351-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib, davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalarni tayinlash va to`lash tartibini belgilab beradi.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda ko`zda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan ijtimoiy sug`urta bo`yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007 yil 25 iyundagi M-31-sonli buyrug`i (ro`yxat raqami 1136-2, 28.07.2007 y.) bilan chiqarilgan — O`R QHT, 2007 y., 31-32-son, 326-modda)
homiladorlik va tug`ish uchun;
bola tug`ilgani uchun;
qo`shimcha dam olish kuni uchun;
dafn etish marosimi uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
2007 yil 1 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa to`lash bilan bog`liq xarajatlar:
Byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamg`armasiga ajratiladigan byudjet mablag`lari doirasida;
Ho`jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan — foyda solig`ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007 yil 25 iyundagi M-31-sonli buyrug`i (ro`yxat raqami 1136-2, 28.07.2007 y.) asosida xatboshilar bilan to`ldirilgan — O`R QHT, 2007 y., 31-32-son, 326-modda)
2. Nizomning 1-bandida ko`rsatilgan nafaqalar ijtimoiy sug`urta joriy qilinadigan xodimlarga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko`zda tutilgan hollarda boshqa fuqarolarga ham beriladi.
Ish beruvchining davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha badal to`lamaganligi, sug`urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug`urtasi nafaqalari bilan ta'minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
3. Umumiy qoidaga ko`ra xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo`shatilgan kunni ham qo`shib) paydo bo`lsa beriladi.
Yuridik shaxs bo`lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslarga hamda dehqon xo`jaligi a'zolariga nafaqa, agar uni olish huquqi ular tomonidan belgilangan tartibda sug`urta badalini to`lash davrida paydo bo`lsa, beriladi.
4. Ayrim hollarda, ya'ni mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko`ra bekor qilingandan (Mehnat kodeksining 67-moddasi) keyin bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug`ish ta'tili boshlangan bo`lsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta'minot bo`limi tomonidan to`lanadi.
Ushbu tartib O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli xizmat safidan bo`shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarga ham qo`llaniladi.
5. Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug`ish ta'tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug`ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to`lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha bo`lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
6. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug`ish ta'tili) kunlari xodimning ishdan noqonuniy bo`shatilgani to`g`risida nizo ko`rilayotgan davrga to`g`ri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega bo`ladi.
7. Nafaqa oyiga bir marta — oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga to`lanadi.
8. Ijtimoiy ta'minot bo`limlari tomonidan ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalarning to`g`ri hisoblanishi ustidan nazorat O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.