Ta'lim muassasasi hududida har bir o`quvchi o`z uyali aloqa vositalarini o`chirib qo`yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o`z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to`liq o`chirib qo`yishi (ovozsiz holatga o`tkazishi) shart.
Ta'lim muassasalarida o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin o`quvchilar telefonini o`chirib qo`yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo`yishi shart (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom”).
O`quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o`quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o`rnatilgan tarzda olib qo`yiladi, holat yuzasidan o`quvchining ota-onasi ogohlantiriladi.
Holat boyicha inspektor-psixolog tomonidan o`quvchining
ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ni Halq ta'limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so`ng telefon (mobil aloqa vositalari) o`quvchining ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.
Shunday holat o`quv yili davomida takrorlanganda o`quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro`yxatiga olinadi.
Asos HTVning 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli buyrug`i.