Bu yilgi qabuldan abituriyentlar uchun mo`ljallangan barcha ma'lumotlar nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qulay formatda bo`lishi lozim.
Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to`lanadigan 165 ming so`mlik to`lovdan ozod etiladi.
I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o`rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo`nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini (56,7 ball) to`plashi kerak.
Ko`zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta'lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.
Nogironligi bor fuqarolarga 2023/2024-o`quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo`nalishida magistratura uchun to`liq davlat granti beriladi.
OTMlarda o`qiyotgan nogironligi bo`lgan talabalarga ta'lim jarayonida ko`maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo`lish uchun sharoit yaratilishi kerak.