x

Go`yoki turmush o`rtog`idan qasd olish maqsadida bolalarini qiynab, tasvirga olib tarqatgan Yangiyo`llik ota masalasi ko`p muhokamalaga sabab bo`lmoqda. 

So`nggi vaqtlarda bolalar er-xotinlar o`rtasidagi kelishmovchilikda tomonlarning o`ch olish vositasiga aylanib borayotganligi achinarli holat.

Bu jarayonni chetda tomoshabin sifatida jim kuzatib bo`lmaydi. Qonunchiligimizda bola himoyasiga doir keskin choralar belgilangan. Bugun ularni maksimal qo`llashga zarurat bor. 

Ayni o`rinda Bola huquqlari bo`yicha ombudsmanimiz javobgarlikka tortilishi kutilayotgan yangiyo`llik otani, otalik huquqida mahrum etish orqali bolalarni kelajakdagi potentsial xavfdan himoya qilish choralarini ko`rishi shart, deb hisoblaymiz. Bu bo`yicha ombudsman albatta sudga murojaat qilishi kerak. 

Shu bilan birga O`zbekistonning yuqori rahbariyatiga Bola huquqlari bo`yicha ombudsman institutini qo`llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish masalasini tezroq hal etishlari kerakligini yana bir bor eslatmoqchimiz.

 

Rasul Kusherbayev

 

To Top ↑
To Top ↑