x

Hech kimga sir emaski, ota-onalar farzand tarbiyasida turlicha yondashadilar. Kimdir tarbiyada qattiq turish kerak desa, buni butunlay inkor etuvchilar ham yo‘q emas oramizda. Ushbu mavzu bo‘yicha savollar bilan Navoiy viloyati Nurota tuman aholisiga yuzlandik.
Hamyurtlarimizning javoblarini tinglar ekanmiz, ularning aksariyati bolalarini ortiqcha qiyinchiliksiz o‘stirayotganini, nimadir ayb ish qilsa ham oson kechirishini aytdi. Shu bilan birga aholi orasida “farzandimga joyi kelsa dakki beraman, jahlim jiqqan payt urishim mumkin”, – deya o‘z fikrlarini bildirganlar ham bo`ldi, albatta. Yaxshisi, ushbu video orqali o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomani to‘liqligicha tomosha qiling.

To Top ↑
To Top ↑