BMT bolalar tashkiloti UNICEF'ning ma’lum qilishicha, Afg’oniston g’arbida sodir bo’lgan kuchli zilziladan keyin 3 oy vaqt o’tgan bo’lsa ham, ahvol og’irligicha qolmoqda va qariyb yuz ming bola yordamga muhtoj.
Hirotda 7-11 oktabr kuni kuzatilgan 6,3 magnitudalik zilzila mingdan ortiq insonning o’limiga sababchi bo’lgan edi. Unda jami 21 000 uy vayron bo’lgan, vafot etganlarning aksari ayollar va bolalar bo’lgan.
Oradan 100 kunlik vaqt o’tsa ham, jabrlangan oilalar harchand urinmasin, talafotlarni yengish va sog’liklarini tiklash oson bo’lmayapti. Bu ham yetmagandek, ayni vaqtda harorat ancha pasaygan, qishning sovuq tunlarida uysiz qolgan aholi hayot uchun xavfli bo’lgan sharoitlarda ham tunashga majbur bo’lishmoqda. Hududda shifoxona va maktablar, suv tizimlari qattiq shikastlangan yoki tiklab bo’lmas darajada vayronaga aylangan.
Tolibon hukumati davlat xizmatalriga mablag’ ajratmasligi vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. UNICEF 2024-yilda yordamga muhtoj bo’lgan 19,4 million afg’on aholisining asosiy ehtiyojlari uchun 1,4 milliard dollar zarur ekanligini aytdi.
Ammo, bolalar nafaqat qishdan omon chiqishi, balki, kelgusida tiklanish va rivojlanish sharoiti uchun yanada ko’proq yordam kerakligi ham ta’kidlangan.