Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan 2023-yilning dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida olingan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani tomonidan holat bo'yicha o‘rganish ishlari boshlangani ma'lum qilindi.
"Tekshiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi", – deyiladi ombudsman matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uchun ushbu videoda bolani "davolayotgan" psixolog ayol bir vaqtlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan "Sherbek" voqeasi qahramoni psixolog Dilorom Jabborova bo'lib, u o'zining noodatiy usullari bilan nom qozongan.