x

Yoshlar ishlari agentligi diqqatiga!

Bugun tahririyatimizga Andijon viloyatidagi mahallalardan birida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlab kelayotgan, ismini sir tutishimiz so‘ralgan murojaat kelib tushdi.
Murojaat o‘z holicha e’lon qilinyapti:

“Assalom aleykim hurmatli tahririyat jamoasi. Men  yoshlar ishlari agentligida ishlar edim. Hozirda “dekretdaman”. Bizga boshqarmada yangi boshliq ishga kirganligi uchun eski boshliq ishga olgan odamlarni ishdan bo‘shatyapti. Hattoki, “dekret”dagilarga ham doq po‘pisa qilyapti. “Senlardi prokraturaga chiqaraman. Olgan oyligingni va “dekretnoy”ingni ham qaytarasan” deb. “Bo‘lmasam arizangni yozib, ket” deb do‘q urishyapti. Axir mehnat shartnomasiga bunday yozilmaganku.
Men balnishnigim tugab bola tatiliga chiqmoqchidim ular ariza yozib bering ishdan bo‘shashga. Men qanday yo‘l tutishim kerak”.

Tahririyat Yoshlar ishlari agentligi mazkur holatga oydinlik kiritib, muammoni qonuniy hal qilinishini so‘raydi.

To Top ↑
To Top ↑