Tahririyatimizga kelgan maʼlumotlarga koʼra, shu yilning 18 dekabr kuni kechqurun bola ota-onasiga tishi qattiq ogʼriyotganidan shikoyat qilgan. Ertasi kuni ertalab ogʼriq kuchaygach, otasi uni Sergelidagi klinikaga stomatolog koʼrigiga olib borgan.
Tish shifokor bolani tekshirib, tishni zudlik bilan sugʼurib tashlagan va xizmati uchun 150 000 soʼm olgan. Shundan soʼng, bola va uning otasi uyga ketishgan. Kechqurun bolaning harorati koʼtarilib, ertasi kuni yuzi shishib ketgan. Ota bolani boshqa klinikaga olib borishga majbur boʼladi va u yerda tish shifokori bolaning sogʼlom tishi olib tashlanganini bildiradi.
Eslatib oʼtamiz, avvalroq Toshkent shahri shifokorga stul uloqtirgan kishiga jinoyat ishi qoʼzgʼatilgandi. Bemor yuqumli kasalliklar bilan ogʼrigani uchun shifokor unga Respublika yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga borishini tushuntirgani maʼlum boʼlgandi.