x

G`azo sektoridagi eng yirik "Ash-Shifa" shifoxonasida yoqilg`i etishmasligi sababli tibbiyot xodimlari operatsiyalarni to`xtatdi. Bu haqda anklav Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi

“Oqibatda 45 nafar chaqaloq bo`lgan inkubator ichidagi yangi tug`ilgan bir chaqaloq vafot etdi”, deyiladi xabarda.

"Ash-Shifa" shifoxonasi direktori Isroil harbiy-havo kuchlari tibbiyot muassasasiga tutash hududga zarba berishi oqibatida olti kishi halok bo`lganini aytgan. Ayrim bemorlar ham jarohatlangan. Unga ko`ra, Isroil armiyasi jurnalistlar bo`lgan chodirga yaqin joyga zarba bergan.

G`azo sektoridagi yana bir shifoxona Al-Quds ham yoqilg`i bilan bog`liq muammolarga duch kelmoqda va tez orada faoliyatini to`xtatishi mumkin. Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatining xabar berishicha, ta'minotning tugashi 500 ga yaqin bemorni tibbiy yordamsiz qoldirishi, shuningdek, inkubatorlardagi chaqaloqlar va reanimatsiya bo`limlaridagi bemorlarning o`limiga olib kelishi mumkin.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreisus G`azo sektorida har 10 daqiqada bir bola nobud bo`lishini aytgan. Umuman olganda, 11 mingga yaqin odam Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro qurboni bo`lgan.

To Top ↑
To Top ↑