Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselskiy tumanida 13 yoshli oʻzbekistonlik qiz 23 yoshli hamyurti tomonidan zoʻrlangan. Qizning ota-onasi uni bolalar shifokoriga olib borganida uch oylik homilasi borligi maʼlum boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilning iyul oyida shaharningg Janubiy Primorskiy bogʻi yaqinida 13 yoshli qizni oʻzi taniydigan yigit ixtiyoriga zid ravishda jinsiy aloqaga majburlagan. Qiz boʻlgan voqea haqida hech kimga aytmagan. Keyinroq uning homilador boʻlib qolgani maʼlum boʻlgach, ota-onasi uni shifokor koʻrigiga olib borgan. U yerda qiz yozda 23 yoshli yigit uni zoʻrlagani haqida aytib bergan. Qiz mazkur voqea ularning uyi yaqinda sodir boʻlganini ham qoʻshimcha qilgan.
Qizning otasi bu boʻyicha politsiyaga xabar bergan. Gumonlanuvchi 31-oktyabr kuni Moskvaning Pskovskaya koʻchasida ushlanib, izolyatsiyaga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.