x

Prezident tashabbusi bilan og`ir ahvoldagi bolalarni davolashga ko`maklashish maqsadida Bolalarni qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi tashkil qilingan edi. 

Oliy Majlisga murojaatnomasida bildirilgan ushbu tashabbusga ko`ra, har yili bu fondga 100 mlrd so`m mablag` ajratib, keyinchalik buni oshirish ko`zda tutilgan. Biroq o`sha va'da qilingan pullar Fondga to`liq berilmagan. 

Fondning muassislari bo`lgan parlament palatalari va Vazirlar Mahkamasi esa bunga parvo ham qilmayapti. Chunki ularning farzandlari qishloqdagi qo`li kalta oila kabi og`ir dardga chalinmagan bo`lsa kerak. 

Alam qiladigani va afsuslisi bugun Fonddan ko`mak kutgan minglab oilalarning umidlari puchga chiqib, farzandlari imkonsizlikdan o`lmoqda. 

Farzand dog`i nimaligini tushunmaydiganlar esa Prezident tashabbusini rasvo qilish va odamlar ishonchini yo`qotishda davom etmoqda. 

Parlamentdan umid yo`q. Chunki moliya Hukumatni qo`lida. Bu ishdan keyin monopolist va nomi yashirin kompaniyalarga milliardlab imtiyozlar berish haqida yopiq qarorlar tayyorlab o`tkazadigan, kasal bolalarni esa rizqini qiyadigan hukumatning hech bo`lmasa Moliya vaziri o`rnini bo`shatib qo`ysa ham bo`laveradi.

Umid qilamizki, hurmatli Prezidentni bu ishlardan xabardor qiladigan biror mard odam topilsa kerak.

Rasul KUShYeRBAYeV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sobiq deputati

To Top ↑
To Top ↑