x

"Ruhiy zo`ravonlik - bu ota-onaning yoki bolaga g`amxo`rlik qilayotgan boshqa odamning bolaga nisbatan dushmanlik harakati".

Bolalarga nisbatan ruhiy zo`ravonlik shakllari:

1) Bolani rad etish ota-ona o`zini xuddi bola yo`qdek tutadi yoki uni doimiy ravishda o`zidan uzoqlashtiradi.

2) Kamsitish yoki qadrsizlantirish - ota-ona doimo bolani tanqid qiladi, kamsitadi, masxara qiladi va sharmanda qiladi.

3) Qo`rqitish (zo`ravonlik) - ota-ona bolani tashlab ketish, uydan haydab yuborish, kaltaklash, narsalarini olib qo`yish, uy hayvoniga yomonlik qilish bilan og`zaki tahdid qiladi.

4) Yakkalash - ota-ona bolani oddiy ijtimoiy muhitdan ajratadi, uning oiladagilar bilan aloqasini, tengdoshlari bilan muloqotini taqiqlaydi.

5) "Bolani buzish" deb nomlangan xulq-atvorning shakllanishi - ota-ona bolani zo`ravonlik, buzg`unchi va jamiyatga qarshi har xil xatti-harakatlarga olib keladi.

6) Boladan foydalanish - ota-ona boladan o`z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanishi, uni kuchi etmaydigan yoki hali bajarish uchun tayyor bo`lmagan ishlarni bajarishga majbur qilishi.
7) Hissiy iliqlikni ulashishdan mahrum bo`lish, zaruriy rag`batlantirishning yo`qligi - ota-onalarda bolaga nisbatan hissiy iliqlik yo`q.

8) Ishonchsiz va uyg`un bo`lmagan tarbiya ota-onaning bolaga nisbatan noaniq yoki ikki tomonlama talablari bor, bu esa uni oilada barqarorlik tuyg`usidan mahrum qiladi.

Ruhiy zo`ravonlikka uchragan bolani qanday aniqlash mumkin?

Ruhiy zo`ravonlikning jismoniy ko`rsatkichlari - bu bolaning o`sish va rivojlanishdan orqada qolishi, siyib qo`yishi va najasi kelishi, boshini urishi, tishlash, uyquning buzilishi va bosh og`rig`i hisoblanadi.

Agar siz bolada g`ayrioddiy ruhiy reaktsiyalarni sezsangiz, masalan, yaqqol qo`rquv, biror narsadan qo`rqish, o`z salomatligidan tashvishlanish, noto`g`ri fikr yoki harakatlar, g`alati xatti-harakatlar, o`zini yosh bola kabi tutadi, ya'ni bolaning xatti-harakati yoshiga mos kelmaydi, to`satdan bolaning tashqi ko`rinishi yoki maktabda o`zlashtirishidagi o`zgarishlar, bu ruhiy zo`ravonlikka uchragan bola bo`lishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑