x

Mahalliy yangiliklar

25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga etmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho`milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho`kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov o`zining telegramdagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qildi.

Habarda aytilishicha, FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan. 

Shuningdek, qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda. Hozirda marhumning o`limi bo`yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

To Top ↑
To Top ↑