O`quvchi qiz sinfdoshini “samosud” qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ushbu holat joriy yilning 8 may kuni Payariq tumanidagi 58-umumiy o`rta ta'lim maktabida sodir bo`lgan. Maktabning 11“B”-sinf o`quvchilari – R.N. va F.D.lar tanaffus vaqtida o`zaro tortishib qolgan. Oqibatda R.N. dugonasi D.F.ni turli xil so`zlar bilan haqoratlagan va urgan.
Olib borilgan o`rganishlarga ko`ra, o`quvchilarni dars mashg`ulotlarida nazoratsiz qoldirgani, o`z lavozim majburiyatlarini to`liq bajarmasdan sustkashlikka va mas'uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun maktabning fizika fani o`qituvchisi M.A.ga, 11“B”-sinf rahbari N.G`.ga, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari H.A.ga va maktab psixologi N.A.larga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.