x

Chelyabinsk viloyatidagi maydoni 10 kv.m.dan kichikroq bo`lgan hammomda yashayotgan bolalar onasidan tortib olindi, deb xabar bermoqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi.

Habarda aytilishicha, Kamensk-Ural'skiy (Svardlovsk viloyati) shahrida yashovchi 44 yoshli ayol Chelyabinsk viloyatining Kaslinskiy tumaniga kelib, bolalari bilan yashash uchun yaroqsiz hammomga joylashgan.

Qishloq aholisi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganlaridan keyin, rossiyalik ayol muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste'mol qilgani, voyaga etmagan bolalarni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlamagani, shuningdek, tunda ularni hammomda yolg`iz qoldirgani aniqlangan.

Qo`shimcha qilinishicha, ayol tarbiyaviy vazifalarni lozim darajada bajarmaganlikda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi) ayblanib, 180 soatlik majburiy mehnatga hukm qilingan. Bolalar esa onasidan tortib olinib, bolalar uyiga joylashtirilgan, shundan keyin u erdan o`z otalari tomonidan olib ketilgan.

Vasiylik va homiylik organlarining xodimlari rus ayolini ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasini hal qilishadi.

To Top ↑
To Top ↑