x

Daily Mail nashri xabarlariga ko`ra, Hindistonlik ayol ikkinchi bor 65 yoshida farzandli bo`ldi. 

Shu tariqa, hindistonlik ayol bolani sun'iy urug`lantirish emas, balki o`zi dunyoga keltirgan eng keksa ayolga aylandi.

Tug`ruqxona shifokorlarining ma'lumotlariga ko`ra, ona va bola sog`-salomat. Yaqinda ularga uylariga javob berishadi.

 “Hindistonda odatda ayollarda menopauza o`rta hisobda 47 yoshda boshlanadi. Shundan keyin ularda farzand ko`rish imkoniyati qolmaydi. Biroq bu kamdan-kam uchraydigan holat”, - dedi tug`ruqxona shifokori Shabira Sidiki.

Nashr ma'lum qilishicha, tug`ilgan chaqaloq otasining yoshi esa 80 da.

Sakkiz yil oldin ular oilasida birinchi farzand dunyoga kelgan.

Hozirgi vaqtda eng keksa ona hindistonlik ayol hisoblanadi, u 2016 yilda 72 yoshida farzandli bo`lgan, biroq tug`ruq sun'iy urug`lantirish yordamida amalga oshirilgan.

 

 

To Top ↑
To Top ↑