Saxalin viloyat bolalar shifoxonasi shifokorlari tasodifan uchta magnitni yutib yuborgan bir yoshli bolaning hayotini saqlab qolishdi, deb xabar beradi viloyat sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Bola tibbiy muassasaga o`rtacha og`irlikda yotqizilgan, chaqaloq zaiflashgan. Tekshiruv davomida shifokorlar bemorning ichaklarida begona jismlarni aniqlaganlar.
"Ichak to`qimalarining bir nechta joylarida teshiklar paydo bo`lganiga qaramay, ichak traktini saqlab qolgan holda jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. Paydo bo`lgan barcha teshiklar tikildi va 3 ta yopishqoq magnit olib tashlandi" — deyiladi SSVning xabarida.