Olmaotada o`tkinchilar daladan tashlab ketilgan aravachini topib oldi, uning ichida chaqaloq ham bo`lgan.
Er-xotin politsiyaga murojaat qilib, ishdan uyga qaytayotganlarida dalada ichida chaqaloq bo`lgan aravachani ko`rganini aytgan. Ular voqea joyida ota-onalarini qidirmoqchi bo`lishgan, lekin yaqin atrofda hech kim bo`lmagan.
"Biz bir soat davomida bolaning ota-onasini qidirdik, biroq atrofda hech kim yo`q edi. Bola yig`lamasdi, aksincha, jilmayib turardi, u bor-yo`g`i 3 yoki 4 oylik bo`lsa kerak", — deydi guvohlardan biri.
Chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib kelgan politsiya xodimlari va shifokorlar qizchani tibbiy ko`rikdan o`tkazishgan, uning hayoti va sog`lig`i xavf ostida emas. Chaqaloqning onasi topilib, ayolga nisbatan ota-onalik burchini lozim darajada bajarmaganligi yuzasidan bayonnoma tuzilgan.