x

O`zbekiston Respublikasi o`rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Buxoro filiali o`qituvchisi Buxoro shahrida yashovchi, 1966 yilda tug`ilgan Q.Z. va Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan A.D.lar bir guruh bo`lib, xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur filialda o`qib kelayotgan N.G.ni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, darslardan ozod qilish vakolati bo`lmasada, vakolatli tanishlari orqali uni darslardan ozod qilish evaziga 1 mln. so`m miqdorida pul mablag`i berishini so`rashgan.

2022 yil 3 may kuni taxminan soat 14:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar filialdagi xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑