Mahalliy yangiliklar
Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi vakillari va D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiyalar universitetining prorektori i. Yeryomin boshchiligidagi delegatsiya oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqot yakunida oʼzaro anglashuv memorandumi va Oʼzbekistonda 6 yoshli bolalar uchun tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan “Bolalar texnoparki”ni tashkil etish boʼyicha “Yoʼl xaritasi” imzolandi. https://mdo.uz/uzc/bolalar-texnoparki-tashkil-etish-loyihasi-rejalashtirilmoqda/ahborot-hizmati/yangiliklar-uzc/ Ushbu texnopark bolalarning erta yoshdan tabiiy fanlar, shuningdek, fizika, kimyo, biologiya va ekologiya sohalari boʼyicha boshlangʼich bilimlarini egallash imkoniyatiga ega boʼlgan taʼlim loyihasiga aylanishi koʼzda tutilgan. Mazkur loyiha mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan kasblar boʼyicha kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi koʼzda tutilgan.