x

Jahon yangiliklari

Sog`liqni saqlash tizimi mutaxassislarining ta'kidlashicha, Pokistondagi bolalarning 40 foizdan ortig`i semizlikdan aziyat chekmoqda. Bunga harakatsiz turmush tarzi, noto`g`ri ovqatlanish va boshqalar sabab ekanligi aytilgan.

 

2018 yilgi ma'lumot bilan solishtirganda bu juda katta o`zgarish hisoblanadi. To`rt yil avvalgi tadqiqotlarda mamlakatdagi bolalarning 11 foizi ortiqcha vaznga egaligi va 5 foiz bolalar haddan tashqari semirib ketgani aniqlangan edi.

Karachidagi tibbiyot universiteti qoshidagi Qandli diabet va endokrinologiya instituti doktori Musarrat Riaz bugun, 4 mart – Butunjahon semizlik kuni oldidan Anadolu agentligiga bergan interv'yusida Pokistondagi semiz bolalar bo`yicha statistika aslida bundan ham kattaroq raqamlarda aks etishi mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, haqiqiy ko`rsatkichlar 40-50 foiz oralig`ida.

Bolalar semizligining ortib borayotgani ular orasida turli kasalliklar avj olishiga ham sabab bo`lmoqda. Hususan, 20 yoshdan 25 yoshgacha bo`lganlarda gipertoniya, metabolik sindrom va turli garmon muammolari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, qandli diabet ham ancha erta shakllanmoqda.

Halqaro qandli diabet federatsiyasining ma'lumotiga ko`ra, Pokiston mazkur kasallikning tarqalishi bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinda turadi. Mamlakatdagi yoshi katta aholining har to`rtinchisi qandli diabetga chalingan.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, vaziyat shu zaylda davom etsa, kelgusi besh yillikda Pokistondagi ahvol bundanda yomonlashishi mumkin.

 

Bundan tashqari sohaning boshqa ba'zi vakillari Pokistonda semizlikning bu darajaga etishida koronavirus pandemiyasi ham asosiy sababchi sifatida ko`radi. Chunki lokdaun sabab ko`pchilik tashqariga chiqmadi, sport zallari yopildi va insonlarda jismoniy faollik kamaydi.

https://www.aa.com.tr/en/asia-pacific/40-of-children-in-pakistan-suffer-from-obesity/2522481

To Top ↑
To Top ↑