Mahalliy yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi o`z farzandlarini qiynoqqa solayotganligi haqida videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2022 yilning sentyabr' oyida Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani «Guliston» mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. (erkak) oilaviy kelishmovchiliklar turmush o`rtog`i N.F.dan o`ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 13 may kuni Yangiyo`l tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.