Jahon yangiliklari
Juma kuni Rim papasi Italiyaning konservativ bosh vaziriga qo`shilib italiyaliklarni ko`proq farzand ko`rishga chaqirdi. U yosh er-xotinlarning moliyaviy muammolari va mamlakatning kelajagiga tahdid soluvchi tug`ilishning rekord darajada pasayishiga sabab bo`layotgan tanlovlarni qoraladi.
Fransis hukumatni aholi jihatdan o`tgan yili Bari kattaligidagi shaharning yo`q bo`lib ketishiga olib kelgan "demografik qish"ni o`zgartirish uchun aniq siyosiy harakatlarni olib borishga chaqirdi. Shuningdek, Rim papasi uy hayvonlarini boqayotgan er-xotinlar o`z oilasini kengaytirishlari uchun ularga barcha zarar resurslarni ajratish kerak ekanini aytdi.
"Kelinglar, o`zimizdagi xudbinlik va pessimizmdan voz kechaylik", — dedi Fransis oilani qo`llab-quvvatlovchi tashkilotlarning yillik majlisida. "Tarix belgilab qo`yilganiga, tendentsiyalarni o`zgartish uchun hech narsa qilib bo`lmasligiga ishonmaylik".
O`tgan yili Italiyada tug`ilishlar soni rekord darajada past bo`lgan, ya'ni 392,598, o`lim sonining ko`payishi (713,499) mamlakatning ijtimoiy ta'minot tizimini ishdan chiqishiga tahdid soladigan demografik tendentsiyani tezlashtirdi.