Jahon yangiliklari
“Agar odamlar tug`ish qanchalar qiyin ekanligini bilganlarida edi, hech qachon urush bo`lmasdi. Biz urush tez orada tugashini istaymiz”, – dedi Kiyevdagi kasalxona erto`lasida jon saqlayotgan 35 yoshli homilador ayol.
Rossiya va Ukraina o`rtasidagi urush boshlanganiga bir hafta bo`ldi. Olti kundan beri boshpana sifatida foydalanilayotgan Kiyevdagi 5-sonli tug`ruqxona erto`lasida ayollarga ko`mak berish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
28 fevraldan beri shu erda qolayotgan 35 yoshli Yuliya farzandini ana shu erto`lada dunyoga keltirdi. Qizaloqning otasi esa bu mojarolar tinchib, farzandi mutlaqo tinch hayotda katta bo`lishiga umid bildirdi.
Mazkur kasalxona rahbari Dmitriy Govseevning aytishicha, xodimlar urush boshlangan dastlabki soatlardan beri shu erda va bemorlarga xizmat ko`rsatishmoqda. U hozirgi kunda erto`ladagi 28 nafar ayol farzandini junyoga keltirish arafasida turganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, shifokorlar uzluksiz ishlashmoqda va uylariga ham bormayapti. Aksincha, ularning oilalari ham shu erga keltirilgan. Shuningdek, Govseev urush boshlanganidan beri bu erda 20 nafar chaqaloq dunyoga kelganini aytgan.