x

Chimkentdagi 2-sonli tug`ruqxonada yana bir yirik chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar bermoqda OTYRAR.

Bolaga qozoq botirlaridan birining sharafiga Alpamis deb ism qo`yishgan. U 10 may kuni ertalab soat 07:30 da 6 kg vaznda tug`ilgan.

Hozir ona va yangi tug`ilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi.

«2023 yil 10 may kuni soat 01:05 larda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan 2-shahar shifoxonasi tug`ruqxonasiga 1992 yilda tug`ilgan homilador ayol olib kelingan. Ertalab soat 07:30 da vazni 6 kg, bo`yi 65 sm bo`lgan o`g`il bola tug`ildi, tug`ruqdagi ayol hech qanday operatsiyasiz o`zi tug`di», - deydi shifokorlar.

To Top ↑
To Top ↑