x

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog`liq jinoyat ishining ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Joriy yilning 2 fevral' kuni Bosh prokuratura o`zining telegramdagi rasmiy sahifasida 31 yanvar' kuni Yangihayot tumanida zo`rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgani haqida xabar bergan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi

To Top ↑
To Top ↑