“Tolibon” Afg`oniston markazidagi Bomiyon viloyatida ayollar va qizlar uchun diniy maktab qurmoqda. Bu haqda “Hast e Subh Daily” nashi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Zinbiya” nomi ostidagi mazkur diniy maktab qurilishi “Tolibon”ning Bomiyon viloyati gubernatori Mulla Abdulla Sarhadiy va ba'zi mahalliy amaldorlar tomonidan boshlangan. Shuningdek, bu maktabni qurish uchun xarajatlar ushbu viloyat aholisi yoki "Tolibon" tomonidan qoplanishi haqida hech qanday ma'lumotlar keltirilmagan.
Bundan tashqari xabarda ta'kidlanishicha, “Tolibon” rahbariyati har bir qishloqda islomiy ta'lim uchun diniy maktablar tashkil etishga harakat qilmoqda.