x

Mahalliy yangiliklar

Tadbirkor Zafar Hoshimov Toshkent viloyatida sinfdoshlariga taqiqlangan qo`shiq – nashid jo`natgan talaba 3 yilga qamalgani haqidagi xabarga o`z munosabatini bildirdi.

«Kech ishdan kelib, shu maqolani o`qib, tomog`imdan ovqat o`tmadi.

Grant asosida (!) «narxoz»da o`qib kelayotgan 21 yoshli talaba bir yil avval Yutubdan (ochiq manba) olib, bilar bilmas, sinfdoshlariga yo`llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi olibdi.

Bilar-bilmas, deganim, bu nashidani butun boshli bir diniy qo`mita o`rganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yosh yigit Yutubda qo`shiq eshitib, uning bu jihatlarini tushinmagan bo`lishi mumkin ku, axir.

Bu yigitning umuman yomon niyati bo`lmagan bo`lishi ham mumkin…

Ayni yangi Konstitutsiyamizda gumonlar ayblanuvchi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?!

Yoshlik ayni xatolar, adashishlar pallasi. Yuzidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uchun uni shunchalik og`ir jazolash to`g`ri bo`lsa, yosh umrini xazon qilib, yorug` darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bo`lib, vataniga unumli xizmat qilish o`rniga u zax hibsxonalarda kunlar emas, yillar o`tkazsa?!

Aminmanki, shu yigit bilan yaxshi tushuntirish o`tkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlanitirilsa, bir umriga etib ortardi, do`stlariga hatto «Nu, pogodi!..» multfilmini ham boshqa bormaydigan bo`lar edi…

Mening fikrimcha, bu jazoning o`zi o`ta radikal.

Sud-adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va humanizm asnolariga asoslanib, qayta ko`rib chiqadi, degan umiddaman.

Bu yigitga yoki uning oilasiga hech qanday aloqam yo`q. Shu siyratini ko`rib, maqolani o`qib, ezildim», deb yozadi tadbirkor.

To Top ↑
To Top ↑