x

So`nggi yillarda psixologlar shunchaki bo`lar-bo`lmas gaplar bilan vaqt o`tkazishdi. Bizning yugurik hayot kechirishimiz oxiri yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, bu ayniqsa, bolalar uchun xavfli bo`lishi mumkin.

"Odam o`z yaqinlarining yordami bilan eng qiyin muammolarni ham hal qilishi mumkin. Bu ayniqsa, o`smirlar uchun juda muhim, ular uchun oiladagi munosabatlar, oila a'zolari ularni eshitishlari va fikrlarining inobatga olinishi ulg`ayishning asosiy tayanchlaridir. Zamonaviy bolalarda ko`pincha muloqot etishmaydi. Kuzatuvlarimga ko`ra, markazga kelgan bolalarning yarmidan ko`pi ularga oila o'zolari bilan o`zaro muloqot etishmasligini tan oladi. Bu ularning tashvishlarini ko`paytiradi va tajovuzkorligini oshiradi, o`ziga bo`lgan hurmatni va qadr-qimmatini yo`qotadi", — deydi "Istoki" oilaviy markazi psixologi Yuriy Telegin.

Shuningdek, u oiladagi o`zaro aloqani qanday qilib saqlash mumkinligi to`g`risida ham bir qancha maslahatlarni o`rtoqlashgan.

Asosiy muammo - bu muloqotning mazmuni

Har kuni ota-onalar farzandlarining yutuqlari, maktabdagi baholari, dars jadvali bilan qiziqishlari mumkin. Ammo ular bolaning o`zini qanday his qilayotganini, nimadan tashvishlanayotganini, uni nima xursand qilishini, so`ramaydilar. Do`konga borganingizda yoki kechki ovqat tayyorlashda faqat bir nechta iboralarni almashishdan foyda yo`q. Biz haqiqiy suhbatlar uchun vaqt ajratishimiz kerak.

Bundan tashqari, muammoning bir qismi allaqanday gadjetlar bilan ham bog`liq, ya'ni odamlar o`z suhbatdoshlarini telefon, planshet yoki komp'yuterlar bilan almashtiradi.

Lekin aynan jonli muloqot orqali bolaning tafakkuri rivojlanadi, shaxs sifatida shakllanadi. Sizning yaqinligingiz darajasi aloqa sifatiga bog`liq.

Psixolog yaqinda o`n yoshli Antoninaning onasi bilan birga ovqatlanganini aytadi. U qizining yaxshi o`qimaganidan, tajovuzkorlik ko`rsatganidan, hech narsaga qiziqmasligidan shikoyat qilgan. Doktorning aytishicha, bolaning onasi bilan aloqasi etarli emas bo`lmagan. Ota-onalar o`zlarining xatti-harakatlarini o`zgartirgan va olti oydan keyin qizdagi o`zgarishlar sezilarli darajaga etgan.

Bolaga muloqot etishmayotganini qanday bilish mumkin?

Agar bolaga muloqot etishmasa, u o`zini tez-tez yomon his qilishi, o`ziga past baho berishni boshlashi, darslar yoki boshqa yig`ilishlardan keyin uyga borgisi kelmasligi, eng asosiysi kattalarni etakchi safatida qabul qilmay qo`yishi mumkin.

Bundan tashqari, tungi tushlar, o`qish paytida haddan tashqari stress, yomon ishtaha, qo`rquv va tez-tez ko`z yoshlari - bularning barchasi beqaror psixologik holat va depressiyaning alomatlari bo`lishi mumkin.

Oilada muloqotni yaxshilash uchun nima qilish kerak?

— Barcha bilan teng muloqot qiling, bola va oilaning boshqa a'zolarining fikri bilan rostdan qiziqing;

— Muloqotda tushunish va qabul qilish bo`lishi kerak, chunki har bir oila a'zosining o`ziga xos individual xususiyatlari bor;

— Har kuni har bir oila a'zosiga ozgina bo`lsada e'tibor bering. Ba'zan ochiq suhbat uchun besh daqiqa kifoya qiladi;

— O`z his-tuyg`ularingiz va tajribalaringiz haqida tez-tez gapiring, bu sizning har bir oila a'zosiga bo`lgan ishonchli munosabatingizni ko`rsatadi.

To Top ↑
To Top ↑