Isroilning G`azo sektorini o`qqa tutishi oqibatida halok bo`lganlar soni 12 kishiga etdi. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor. Bu haqda bugun Falastin sog`liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
“Isroilning G`azo sektorini o`qqa tutishi oqibatida halok bo`lganlar soni 12 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 20 nafarga etdi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya ommaviy axborot vositalari mazkur hujum vaqtida halok bo`lganlar orasida bir nafar rossiyalik bo`lgani haqida xabar bergan. Shuningdek, rossiyalik jurnalistlar raketaning Jamol Abu Hasvan o`z rafiqasi va o`g`li bilan yashaydigan uyga tushgani va ularning uchchalasi ham vafot etgani haqida yozishgan.