2023 yil 1 avgustdan boshlab, soliq to`lovchilar tomonidan yoshidan qat'i nazar farzandlarining O`zbekistondagi ta'lim tashkilotlarida o`qishi uchun yo`naltiriladigan to`lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
Bu Prezident farmonida belgilandi.
Shuningdek, hujjatga binoan, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, O`zbekiston fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo`lgan bolalar madaniy meros ob'ektlariga, jumladan ko`rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to`lovsiz kirishi mumkin bo`ladi.
Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to`liq rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo`yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to`g`risida”gi qonun loyihasini qisqa muddatda qabul qilish tavsiya etildi.